Pop va Chust tumanlarida 1500 xonadonga shartnoma asosida qo‘y va echki tarqatiladi

Avval xabar qilganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi - “DB Group Eco” faoliyati bilan tanishdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi. Bu yerda Yevropa tajribasiga asoslangan holda baliqning noyob turlari, forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Baliq uvildiriqlari va ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltiriladi.

Реклама на Unews

Foto: president.uz

Shu yerning o‘zida davlat rahbari viloyatda qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari, xususan, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Masalan, viloyatda 2020 yilda chorvachilik tarmog‘i bo‘yicha 84 ta yangi loyiha amalga oshiriladi, go‘sht va sutni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi. Pop tumani azaldan jun yo‘nalishidagi echkichilik bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan.

Davlat rahbari yo‘qolib ketgan shu tajribani qayta tiklash, jun yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil qilish, Pop va Chust tumanlaridagi 1,500 ming xonadonga 20 mingta qo‘y va echkini shartnoma asosida tarqatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Реклама на Unews

Foto: president.uz

Parrandachilik yo‘nalishida esa 39 ta loyiha amalga oshiriladi, 440 ta ish o‘rni yaratiladi. Tijorat banki tomonidan asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha ham 46 ta loyiha moliyalashtiriladi.

Davlat rahbari asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish, Namangan shahrida 10 ming tonna eksportbop asal tayyorlash, qadoqlash va sotishga ixtisoslashgan kompleksni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring