Plastik idishlarga chek qo‘yiladi?

Rossiya hukumati bir martalik plastik idishlar hamda ichimlik uchun naychalardan foydalanishni ta’qiqlash bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasining bosh vazir o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko “Toza mamlakat” forumida xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Abramchenkoning fikriga ko‘ra, bunday mahsulotlarni ta’qiqlashdan qo‘rqish nojoiz.

RBC ma’lumotlariga ko‘ra, Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar (Armaniston, Qirg‘iziston, Belorussiya, Qozog‘iston, Rossiya) hududlarida 2025 yilga qadar bir martalik polietilen paketlardan bosqichma-bosqich voz kechish masalasi Yevrosiyo iqtisodiy integrasiyasi strategiyasiga kiritilgan.

Реклама на Unews

Hozirgi kunda Ittifoq a’zolari strategiyani amalga oshirish rejasi loyihasi bo‘yicha kelishishmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik plastmassa ishlab chiqarish hamda olib kirishni bosqichma-bosqich ta’qiqlash choralari ko‘zda tutilgan. Hujjatni 2021 yilning birinchi choragi oxiriga qadar tasdiqlash rejalashtirilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring