"Plan B"... Evropani qutqarish bo'yicha yangi reja...

Yevropa Ittifoqi qo‘mitasi tomonidan koronavirus pandemiyasidan so‘ng iqtisodiyotni qutqarish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, buning uchun 750 milliard yevro mablag‘ ajratiladi. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.

Tiklanish fondidan ajratiladigan 500 milliard yevro ittifoqqa a’zo davlatlarga qaytarib bermaslik sharti bilan tarqatiladi. Yana 250 milliard yevro esa kredit sifatida ajratiladi.

Biroz vaqt muqaddam Yevropa Ittifoqi tomonidan a’zo davlatlarga 2021-2027 yillar oralig‘ida ikki trillion yevro ajratilishi ma’lum qilingan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring