Pentagon: «O‘zbekistondagi aviatexnikalar Tolibonlarga qaytarib berilmaydi»

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi O‘zbekiston hududida bo‘lgan aviatexnikalar Tolibon tomonidan foydalanish uchun Afg‘onistonga qaytarilmasligini ma’lum qildi.

«AQSh 2021 yil avgustida Afg‘onistonni tark etganida, Afg‘oniston havo kuchlarining ko‘plab xizmatchilari ham shu ishni qilishgandi. Ayrim afg‘on uchuvchilari Afg‘oniston harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlarda oilalarini qo‘shni O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketishgan. Ushbu samolyotlar orasida Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan samolyotlar ham bor edi.

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan Tolibonlar endi ularni qaytarib olishni istamoqda. Biroq, gap Amerikada ishlab chiqarilgan vertolyotlar haqida ketganida, bu ishning amalga oshishi dargumon.

Реклама на Unews

Biz hali ham bu vertolyotlarni masalasini qanday hal qilish ustida ishlayapmiz. Menda bu borada aniq yangiliklar yo‘q. Lekin, ular Afg‘onistonga Tolibonlar foydalanishi uchun yuborilmasligiga ishonchim komil», - dedi Kirbi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring