Pensiya tayinlashda o`zgarishlar bo`lyapti

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilindi.

Xo`sh, mazkur hujjat bilan amaliyotda qanday o`zgarishlar, yangliklar joriy etiladi?

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasi a`zosi O`rol O`ROZBOEV ma`lumot berdi. 

Реклама на Unews

Birinchidan, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga pensiya tayinlash masalasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunida o`z aksini topmaganligi sababli, qonun loyihasida ushbu toifadagi shaxslarga pensiya tayinlash huquqi qonun bilan mustahkamlab qo`yilmoqda.

Ikkinchidan, boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi to`lovlarini marhumning qaramog`idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o`rta ta`lim muassasasi, akademik lisey va oliy ta`lim muassasasida o`qiyotgan bo`lsa 23 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini to`lanishi belgilanmoqda.

Uchinchidan, nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo`shib hisoblash, bolani parvarishlash ta`tillarida bo`lish vaqtini hammasini jamlaganda ko`pi bilan 6 yillik davrini ish stajiga qo`shib hisoblash nazarda tutilmoqda.

Реклама на Unews

To`rtinchidan, respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo`lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so`ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so`rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo`lgan sanadan tayinlash belgilab qo`yilyapti.

Eng muhimi, loyiha bilan bolani parvarishlash ta`tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu ta`tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko`pi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi bo`yicha ish stajiga ham qo`shilishi belgilab qo`yildi.

Bir so`z bilan aytganda, mazkur hujjat ijtimoiy himoyani kuchaytirishga, etim bolalarning huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishga, ularni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring