Pekin bozorida COVID-19 aniqlangani uchun harbiy holat eʼlon qilindi

Pekin Fentay tumanidagi mahalliy bozorda COVID-19 infektsiyasi aniqlangani uchun harbiy holat joriy etildi,  deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Pekin Fentay tumanidagi mahalliy bozorda COVID-19  infektsiyasi aniqlangani uchun harbiy holat joriy etildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, Xinfadi yirik ulgurji bozorida olib borilgan epidemiolog tekshiruv natijasida - losos baligʻi tozalanadigan taxtada koronavirus izlari aniqlangan. Bozorning barcha xodimlaridan COVID-19’ga test topshirishdi.

Реклама на Unews

“Fentay tumanida harbiy holat rejimi joriy etildi, tezkor shtab tuzildi”, - deyilgan tuman partiya qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Chu Tszyunvey.

Shuningdek, u bozor yaqinida joylashgan 11 ta turar-joy majmuasida qatʼiy nazorat oʻrnatilayotgani va taʼlim muassasalarida darslarni toʻxtatish yoki kechiktirish kerakligini aytdi.

Hududda nazoratni kuchaytirish, barcha profilaktik tadbirlarni oʻtkazish va tibbiy muassasalarda diagnostika va davolash jarayonini standartlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Реклама на Unews

Bundan avval Pekinda ikki oylik tanaffusdan soʻng yana koronavirus holatlari aniqlandi. Poytaxtdan chiqmagan, ammo “Sinfadi” bozoriga borgan 52 yoshli erkakda virus infektsiyasi aniqlangan. Keyinchalik Fentay tumanida ikki holat aniqlandi, shundan soʻng hukumat epidemiolog tekshiruv oʻtkazishga qaror qildi.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring