Pekin-2022. Olimpiadaning ilk egalari aniqlandi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarining dastlabki uch yo`nalishida medallar jamlanmasi o`z egalarini topdi. E`tiborlisi, unda norvegiyalik sportchilar oltin dublni qayd etishdi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab ayollar o`rtasida chang`i poygasining skiatlon dasturida 7.5 km masofaga kechgan poygada Tereza Yoxaug, so`ng norveg biatlonchilari aralash estafetada oltin medallarga ega bo`ldilar. Uchinchi dastur konkida yugurish bo`yicha 3000 metr masofada ayolla ro`rtasida kechib, unda niderlandiyalik Iren Sxauten eng yaxshi natijani qayd etdi. Shu paytgacha qayd etilgan natijalar:

Chang`i poygasi, skiatlon.

Реклама на Unews

Ayollar, 7.5 km:

1. Tereza Yoxaug (Norvegiya)

2. Natalya Nepryaeva (Rossiya Olimpiya qo`mitasi)

Реклама на Unews

3. Tereza Shtabdlober (Avstriya)

Biatlon, aralash estafeta

1. Norvegiya

2. Fransiya

3. Rossiya Olimpiya qo`mitasi

Konkida yugurish. Ayollar, 3000 metr:

1. Iren Sxauten (Niderlandiya)

2. Francheska Lollobrigida (Italiya)

3. Izabella Videman (Kanada)

Medallar jamg`arish:

1. Norvegiya – 2-0-0

2. Niderlandiya – 1-0-0

3. Rossiya Olimpiya qo`mitasi – 0-1-1

4. Fransiya – 0-1-0

4. Italiya – 0-1-0

6. Avstriya – 0-0-1

6. Kanada – 0-0-1

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring