«Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmaydi

1979 yili aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan «Paxtakor» futbolchilarining xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bu yil o‘tkazilmaydi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

«Paxtakor» klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, har yili 11 avgust kuni an’anaviy tarzda tashkil qilinadigan futbolchilarni yodga olish marosimi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin tufayli qoldiriladi.

«Karantin qoidalariga ko‘ra, odamlar ko‘p to‘planadigan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan. 11 avgust kuni doimiy ravishda «Paxtakor» stadioni va «Botkin» qabristonida o‘tkazib kelingan rasmiy tadbirlar bekor qilinadi», - deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 1979 yilning 11 avgust kuni Toshkent – Guryev – Donesk - Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk - Kishinyov reysi orqali uchib ketayotgan samolyot bilan to‘qnashib ketgan edi. Fojia yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va samolyotlar bortida bo‘lgan 178 kishi, jumladan, «Paxtakor»ning 17 nafar a’zosi halok bo‘lgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring