Pashinyan Ozarbayjon bilan chegarada harbiylarning hibsga olinganiga izoh berdi

Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligini bildirdi. U bu haqda hukumat yig‘ilishida aytib o‘tgan.  

Siyosatchi chegarada sodir bo‘layotgan voqealar Ozarbayjon tomonidan xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi ekanligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston vaziyatni tartibga solish uchun barcha narsadan, shu jumladan xalqaro vositalardan foydalanishi kerak. 

Avvalroq, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining razvedka-qo‘poruvchilik guruhini Ozarbayjon hududiga ko‘chirishga uringani haqida e’lon qilib, olti nafar armanistonlik harbiy qo‘lga olinganini aytgandi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan ozar-arman chegarasida keskinlikning kuchayishi tendensiyasi kuzatilayotganini, chegaraning ayrim uchastkalarida Ozarbayjon Qurolli kuchlari o‘zini tajovuzkor tutayotganini iddao qilib chiqqandi. 

Pashinyan Ozarbayjon askarlari mamlakatni tark etishi uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan harbiy yordam so‘ragandi. Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘zining Facebook’dagi sahifasida Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston hududidan olib chiqish zarurligini ta’kidlagandi.  

O‘z navbatida rasmiy Baku Tashqi ishlar vazirligi Yerevanning Ozarbayjon-Armaniston chegarasini muvofiqlashtirish jarayonlariga munosabatini nomunosib deb baholadi va Armaniston rasmiylarini saylov arafasida vaziyatdan ichki siyosiy maqsadlarida foydalanmaslikka chaqirdi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring