Parijdagi shifokorlar namoyishida 18 ming kishi qatnashdi

Fransiya poytaxti Parijdagi tibbiyot xodimlarining mitinglari 18 mingdan ortiq namoyishchilarni to‘pladi, deya xabar beradi France Info radiosi politsiya ma’lumotlariga tayanib. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, namoyishda isyon ko‘tarishga uringan 32 kishi hibsga olingan.

Shifokorlar mamlakatda sog‘liqni saqlash uchun byudjetning qisqartirilishiga hamda fransuz kasalxonalarida yotish joylarning kamaytirilishiga qarshi bo‘lib, o‘z navbatida ish haqini oshirish va xodimlarni yollashni ko‘paytirishni talab qilmoqda.

Реклама на Unews

Shifokorlarning norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga tarqalgan. Tuluzada 7,5 ming kishi, Lionda 6 ming kishi, Nanteda 5,5 ming kishi, Grenoblda 3,8 ming kishi, Marselda 3,5 ming kishi namoyishga chiqdi.

Avvalroq mamlakat prezidenti Emanuyel Makron Fransiya koronavirus epidemiyasi ustidan g‘alaba qozongani to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring