Pandemiya! Shifokorning reseptisiz qanday tinchlantiruvchi dorilarni ichish mumkin?

COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning ruhiy salomatligiga halokatli zarba berdi. Reseptsiz beriladigan ayrim dorilar ruhiy bezovtalikning ko‘plab alomatlarni yengishga yordam berishi mumkin, ammo unutmang, og‘ir holatlarda siz shifokorni ko‘rishingiz kerak,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Chexov viloyat kasalxonasining klinik farmakologi Andrey Kondraxin MedPortal-ga valerian ildizi, pustirnik, pion va yalpizning damlamalari eng mashhur tinchlantiruvchi dorilar ekanligini aytdi, deydi “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati.

“Barcha tinchlantiruvchi nastoyka (damlama)lar yotishdan 30 daqiqa oldin, 100 ml suvga 10-20 tomchi qo‘shilgan holda  qo‘llaniladi. Ushbu rejim kuniga uch marta asab tizimini tinchlantirish uchun ishlatiladi. Yalpizli nastoykani ishlatish uchun cheklovlar mavjudligini ta’kidlayman - bu damlamani oshqozon kasalliklari  mavjud bo‘lgan insonlar ishlatmasligi kerak», - dedi mutaxassis.

Реклама на Unews

Tinchlantiruvchi tabletkalar uchun tavsiya etilgan dozalar:

Valerian quruq ekstrakti: kuniga 3 marta 1-2 tabletkadan;

Negrustin: kuniga 2 marta 1 tabletka;

Реклама на Unews

Novopassit tabletkalari: 1 tabletka kuniga uch marta.

Novopassitni sirop shaklida ham qabul qilishingiz mumkin - kuniga uch marta 5 ml.

Afobazol: preparatning bir martalik dozasi - 10 mg, sutkalik doza - 30 mg, 3 dozaga bo‘lingan.

"Shuni yodda tutish kerakki, asab tizimiga ta’sir qiluvchi dorilarni qabul qilish paytida siz transport vositalarini va murakkab mexanizmlarni boshqarolmaysiz,chunki bu davrda reflekslar yomonlashishi mumkin. Ushbu dorilarning barchasi shifokorning reseptisiz sotiladi, ammo ularni qat’iy ko‘rsatmalarga muvofiq va ma’lum vaqtgacha olish kerak », - dedi Andrey Kondraxin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring