Pandemiya qachon tugaydi? Olimlarning javobi bor

Koronavirusning ehtimoliy mutasiyalari qanchalik xavfli bo`lishi mumkin? Umuman, bu kasallikka qarshi yana qanday samarali kurash olib borsa bo`ladi? Hozir olimlar, shifokorlar, ekspertlarning bu boradagi xulosa va yondashuvlarida tafovutlar bor.

Tahlillarga ko`ra, “omikron” shtammi juda keng ko`lamda tarqalgan AQSh va ba`zi Evropa mamlakatlarida so`nggi haftalarda kasallanishlar soni kamaymoqda. Qolaversa, yangi variant oldingi mutasiyaga qaraganda birmuncha yuqumliroq bo`lganligi bois, pandemiya endemiyaga aylanishiga umid bor.

Xo`sh, bu nimani anglatadi? Gap shundaki, koronavirus butunlay yo`q bo`lib ketmaydi, balki ma`lum bir mintaqada, ma`lum bir vaqtda, ma`lum populyasiyalar orasida paydo bo`ladi. Shunda biz, normal hayotga qaytishimiz mumkinmi?

Реклама на Unews

Hozir bunga aniq javob yo`q. Chunki koronavirus buyog`iga qanday mutasiyaga uchrashi noma`lum. Olimlarning bilgani shuki, COVID-19 kelgusida aniq mutasiyaga uchraydi.

Germaniyalik virusolog olim Ulrike Proserning xulosasiga ko`ra, “omikron” to`lqini pasayishi avvalgi “delta” shtammi qaytadan keng tarqalishiga sharoit yaratishi ham mumkin.

“Endemiya kasallik barham topgani va vaziyat xavfsiz ekanligini anglatmaydi, — deydi ushbu mamlakatdagi Leybnis instituti tadqiqotchisi Xajo Zeeb. — Agar yangi mutasiya paydo bo`lib, u yana epidemiyaga sabab bo`lsa, vaziyat o`zgarishi, shubhasiz.”

Реклама на Unews

Yana bir taniqli nemis shifokori Tomas Voshaar esa “omikron”ni pandemiyadan chiqish yo`li, deb atadi va uning tarqalishiga chek qo`ymaslik lozimligini ta`kidladi.

“Agar dunyo aholisining yuz foizi yangi shtamm bilan kasallansa, bu pandemiyaning yakunlanishiga sabab bo`ladi, — deydi u. — Axir “omikron” bemorlarda nisbatan engil o`tadi. O`lim holatlari juda kam, kasalxonalarga tushadigan yuklamalar ham u qadar katta muammolarni keltirib chiqmaydi. Muhimi, qisqa vaqt ichida global muammoga echim topilishi mumkin”.

Berlinda faoliyat ko`rsatadigan taniqli virusolog Kristian Drosten esa vaziyatni boshqacha baholaydi. Uning ishonch bilan ta`kidlashicha, yoppasiga kasallanish Germaniya uchun imkoniyat emas, aksincha, xatardir. Chunki mamlakatda keksa yoshli aholi qatlami katta. Xastalik ularning hayotini xavf ostida qoldiradi. Oqibatda qariyalar ko`p bo`lgan federal shtatlarda o`lim holatlari soni ortib ketadi.

Eslatib o`tamiz, keyingi kunlarda Germaniyada koronavirusga chalinish ko`rsatkichlari rekord darajaga etmoqda. Masalan, kecha bu erda 253 ming kishida COVID-19 infeksiyasi qayd etildi. Ulardan 238 nafari kasallikdan vafot etdi.

Shu sababli mamlakat sog`liqni saqlash vaziri hozir karantin choralarini yumshatish payti emasligi, faqat aprel oyi o`rtalariga kelib bu masala ko`rib chiqilishi mumkinligini qat`iy ta`kidladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring