Pandemiya o‘z-o‘zidan chekinmaydi: Yevropada o‘lim holatlari 4-5 karra oshishi kutilmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari 2020 yilning apreliga nisbatan 4-5 karra oshishidan ogohlantirdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Tashkilot rasmiy saytida JSSTning Yevropa mintaqasi bo‘limi rahbari Hans Klyuge hozir Yevropada koronavirus bilan kasallanish 2-3 karra oshgani, o‘lim holatlari esa 5 martaga kamayganini ma’lum qildi. Klyuge ayni holatni test olishlar soni oshgani, kasallik og‘ir holatga kam uchrovchi yoshlarda ko‘proq aniqlanayotgani bilan izohladi.

Biroq, ta’kidladi u, hozir turli yosh vakillari gavjum yopiq inshootlarda ko‘proq vaqtini o‘tkazayotgani o‘lim holatlari ko‘payishiga zamin yaratadi.

Реклама на Unews

«Epidemiologik modellarga asoslangan prognozlar umid uchqunlarini so‘ndirmoqda. Cheklovlarning uzoq muddatga kuchsizlantirilishi oqibatida 2021-yilning yanvariga borib kunlik o‘lim holatlari 2020-yilning aprelidagidan 4-5 baravar yuqori bo‘ladi», — dedi Hans Klyuge.

Klyuge Yevropaning aksariyat mamlakatlari yana qattiq karantinga kirishi tarafdori.

«Biz doim ta’kidlab kelgan narsa bo‘ldi: pandemiya o‘z-o‘zidan chekinmaydi, hammasi o‘zimizning qo‘limizda», — qo‘shimcha qildi JSST vakili.

Реклама на Unews

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, niqob taqish, odamlarning bir joyda to‘planishining oldini olish kabi oddiy choralar 53 mamlakatda 281 minggacha insonning hayotini saqlab qolish imkonini berarkan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring