Ozodbek Nazarbekov: "Yovuz koronavirus Fatxulla Ma’sudovni oramizdan olib ketdi"

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Fatxulla Ma’sudov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Omonat dunyoning yana bir qayg‘uli xabari qalblarimizni qattiq jarohatladi!

Xalqimizning ardoqli, sevimli farzandi, chin ma’nodagi yuksak madaniyat, ma’naviyat egasi, san’atimizning yorqin yulduzi Fatxulla Ma’sudov og‘ir xastalikdan vafot etdi. Ming afsuslar bo‘lsinki, shu kungacha O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati ordeni” sohibi bo‘lgan fidoyi san’atkorimiz ham yovuz koronavirus tufayli ayni qizg‘in faoliyat pallasida, 57 yoshida bizni tark etdi. Fatxulla Ma’sudov nafaqat mahoratli aktyor, balki samimiy do‘st, mehribon, jonkuyar rahbar sifatida juda qadrli edi. Jamoadoshlariga bo‘lgan mehr-oqibati barchaning ko‘nglida ezgulik chirog‘ini yoqqan ijodkorning o‘limi kasbdoshlari uchun og‘ir yo‘qotish bo‘lganini his etish naqadar alamli. Ammo bevafo dunyoning eng og‘ir musibati — o‘limga davo yo‘q ekan.

Реклама на Unews

Endi qolganlarning omonligini so‘rashdan boshqa ilojimiz yo‘q. O‘zbekiston san’ati va madaniyati bag‘rini huvillatib ketgan otashin san’atkorning, sevimli Fatxulla Ma’sudovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va kasbdoshlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Aziz insonimizning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring