Ozodbek Nazarbekov: "Shuhrat Qayumovning qiladigan ishlari ko‘p edi"

Oldinroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etgani haqida xabar bergandik, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bu borada hamdardlik bildirdi.

Biz bugun ajoyib inson, iste’dodli, serqirra ijodkor, aqlli, teran fikrlovchi, mulohazakor do‘stimiz, yaqinimizni yo‘qotdik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning vafoti ham biz uchun kutilmagan va og‘ir judoliklardan biri bo‘ldi.

Реклама на Unews

Bunday madaniyatli insonlar hamisha oilasiga, kasbiga, vatani va xalqiga, yaqinlariga sadoqat timsolidirlar. Birovlarning dilini og‘ritish ular uchun mutlaq begona.

Ha, Shuhrat Qayumovning hali qiladigan ishlari, yaratadigan ijodlari, yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan faoliyati, ochilmagan qirralari ko‘p edi.
Lekin, ming afsuski, ayni paytda uning oilasiga, yaqinlariga, hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirishdan o‘zga choramiz yo‘q.

Ilohim, do‘stimizning oxirati obod, joylari jannatdan bo‘lsin!

Реклама на Unews

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring