O`zJOKU talabasi rektorga salom bermagani uchun kaltaklangani aytilmoqda

Univesitetda ichki surishtiruv boshlandi.

Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko`ra, universitetda rektorga salom bermagani uchun talabani kaltaklashgan. 

Yozilishicha, talabalar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ma`lum bo`lganidan so`ng, talabalar ta`lim muassasasining telegramdagi "Talaba murojaati" nomli guruhida ma`muriyatga norozilik ruhida turli xil gaplarni yozishgan, ko`p o`tmay bu yozishmalar o`chirib tashlangan, shuningdek, jabrlanuvchining akkauntini bloklab, guruhga qo`shilishini cheklab qo`yishgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan universitet bayonot bilan chiqib, yaqin soatlarda holat yuzasidan aniq ma`lumotlar berilishini ma`lum qildi.

"O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti ma`muriyati hozirgina ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan universitetga doir xabar bo`yicha ichki surishtiruvlarni boshlagan va masala barcha tarafdan to`liq o`rganilmoqda",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar umuman kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring