Oziq-ovqat mahsulotlarining markaziy bozorlardagi minimal-maksimal narxlari e`lon qilindi

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi.

 2022 yil 21 sentyabr holatiga ko`ra:

 Suyakli mol go`shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so`m

 Qo`y go`shti (1 kg) ➖ 58 000 – 91 000 so`m

 Kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so`m

 Piyoz (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so`m

 Sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 5 000 so`m

 Tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 16 000 so`m

 Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 25 000 so`m

 O`simlik yog`i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so`m

 Shakar (1 kg) ➖ 12 000 – 17 000 so`m

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do`konlardagi narxlar inobatga olinmagan, deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring