Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Bunda har bir yangi loyihaning 100 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish yangi loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.
Unga ko‘ra, mazkur nizom bilan belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish (meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash) yangi loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi tashabbuskorlarning 2020 yil 10 sentyabrdan so‘ng amalga oshirgan tegishli xarajatlarini qoplashga nisbatan qo‘llaniladi.
Yangi ishlab chiqilgan nizom loyihasiga ko‘ra, jamg‘armadan mablag‘lar quyidagi miqdor va maqsadga ajratiladi:
– oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln. so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
– oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish yangi loyihalarining infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
– oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarning bir qismini qoplashda maqsadlar sonidan qat’iy nazar har bir yangi loyiha uchun 100 mln so‘mgacha miqdorda amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarning bir qismini qoplash loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, 3 oydan 1 yilgacha faoliyat yuritgandan so‘ng ajratiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu maqsadlar uchun subsidiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring