O‘zgidromet shtorm ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida shtrom kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Unga ko‘ra, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilyapti.

Shuningdek, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m, shamolning birdan 25-27 m gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring