"O`zgidromet" shoshilinch axborot e`lon qildi

"O`zgidromet" 29 iyul –1 avgust kunlari yomg`ir va sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 29 iyulidan 1 avgustigacha kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, tog`oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari kuzatiladi: Jumladan:

 

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Реклама на Unews

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raladi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring