“O‘zbekning Sottisi”ni xotirlayotgan san’atkorlar, xonanda dugonalarining g‘iybatidan dili og‘rigan Shahzoda. Instagram yangiliklari

26-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz,  deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

O‘zbek shou-biznesi vakillari 25-avgust kuni 73 yoshida vafot etgan taniqli aktrisa Dilbar Ikromovani xotirlamoqda.

“Joyingiz jannatdan bo‘lsin, ustoz”, — deb yozdi Alisher Fayz aktrisa bilan konsertida tushgan suratini sahifasiga joylab.

Реклама на Unews

Ra’no Shodiyeva “Chimildiq” filmidan lavha aks etgan suratlar bilan bo‘lisharkan, aktrisaning oxirati obod bo‘lishini tiladi.

Реклама на Unews

Dilbar Ikromova Mavluda Asalxo‘jayevaning ham eng sevgan aktrisasi edi.

“Barchamizning qalbimizdan joy olgan Sotti endi yo‘q”, — deydi afsus va nadomat bilan aktyor Erkin Komilov.

Tohir Saidov ham marhumani iliq so‘zlar bilan yodga oldi.

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova ayrim xonanda dugonalarining g‘iybatlaridan dili og‘riganini yozib qoldirdi.

Botir Qodirov va “Bravo”chi Shahlo Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi to‘yda uchrashib qoldi.

“Hayot kuchli ayol bo‘lishga majbur qiladi”, — deb yozdi Munisa Rizayeva.

Taniqli turk aktrisasi Neslihan Atagul folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Xonanda Shirin va uning turmush o‘rtog‘i.

Shahlo Ahmedova opasi Lola Ahmedova bilan fotosessiya uyushtirdi.

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring