O‘zbekistonning xorijdan olgan qarzlari nimalarga sarflanayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Moliya vazirligi qarzga olingan pullar nimaga sarflanayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotni ochiqladi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 2020-yil 1-iyul holatiga dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 19,4 milliard dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etdi.

Xususan, 2020-yilning birinchi yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 milliard dollarga yoki yil boshiga nisbatan 10,5 foizga oshib, 2020-yilning 1-iyul holatiga 17,31 milliard dollarga yoki YaIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, 2020-yil yanvar—iyun oylarida imzolangan davlat tashqi qarzi bitimlari quyidagilarga yo‘naltiriladi:

Jahon bankidan 100 million dollar “Obod qishloq” loyihasiga;

  • Neft eksport qiluvchi mamlakatlar uyushmasi (OPYeK)dan 53,4 million dollar Namangan shahri, Namangan viloyatining Zarkent va Xo‘jakent tumanlarining suv ta’minoti va oqava suv tizimlarini modernizatsiyalash loyihasiga;
  • Jahon bankidan 200 million dollar Iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashni qo‘shimcha moliyalashtirishga (DPO 2);
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 125 million dollar va 250 million dollar iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga;
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 82 million dollar “Obod qishloq” loyihasiga.

2020-yil yanvar—iyun oylarida berilgan davlat kafolatlari:

Реклама на Unews

  • Rossiya tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan 28,3 million yevro To‘palang GESni modernizatsiya qilishga;
  • Rossiya tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan 38,8 million yevro Quyi Chotqol GES qurilishiga;
  • Rossiya tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan 34,2 million yevro Darg‘om kanalida Bog‘ishamol 2-kichik GES qurilishiga;
  • Xitoy davlat taraqqiyoti bankidan 309,0 million dollar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi uchun “Boeing 787-8” rusumidagi 3 ta samolyotlarni sotib olishga.

Avvalroq O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikda 58,2 trilion so‘mni tashkil etgani xabar qilingandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring