O‘zbekistonning qancha aholisi shaharlarda yashashi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisining 1 aprel holatiga ko‘ra demografik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra:
aholi soni – 35,4 million kishi;
ayollar soni – 17,6 million kishi;
erkaklar soni – 17,8 million kishi;
shaharda yashovchilar – 18 million kishi;
qishloqda yashovchilar – 17,4 million kishi;
tug‘ilish soni – 203,7 ming kishi;
o‘limlar soni – 40,4 ming kishi;
nikohlar soni – 57,9 mingta;
ajrimlar soni – 12,2 mingta;

Tashqi migratsiya:
ko‘chib kelgan – 0,4 ming kishi;
ko‘chib ketgan – 1,2 ming kishi.

Bundan avval O‘zbekistonga qaysi davlatlardan odamlar ko‘chib kelayotgani, O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi hamda O‘zbekistonning qaysi viloyatida doimiy aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilingandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring