O`zbekistonning ikki hududida 134 nafar bemor koronavirusga chalindi

2020 yil 2 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 370 (+134) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak) hamda Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

️Ayni paytda yurtimizda 39 664 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

️Hozirda mamlakatimizda 2 380 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 275 nafari og`ir, 147 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring