O`zbekistonning ayrim hududlarida 15 yanvar kuni qor yog`ishi mumkin

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo`yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududlari bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.  

Poytaxtimizda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring