O`zbekistonning 35% aholisi yod tanqisligidan aziyat chekadi

Endokrin kasalliklar - bu bir yoki bir nechta endokrin bezlarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar sinfidir. Ular endokrin bezlarning giperfunksiyasi, gipofunksiyasi yoki disfunksiyasiga asoslangan. So`nggi yillarda ularning soni, ayniqsa qalqonsimon bezi kasalliklari ortib bormoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotlarga ko`ra, Er yuzi bo`yicha 665 milliondan ortiq odam endemik buqoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda. 1,5 milliard inson esa yod tanqisligi xastaliklari rivojlanish xavfiga ega. Ushbu kasalliklar orasida buqoq keyingi yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlari, shu qatorda O`zbekiston uchun ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

 

Ayni masalada bugun AOKAda matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda qayd etilishicha, hozirga kelib, O`zbekiston sharoitida aholisi yod tanqisligi bilan bog`liq kasalliklarga chalinish xavfi bo`lmagan hudud yo`q, negaki respublikaning shu kungacha o`rganilgan barcha hududlarida aholi rasionida yod tanqisligi mavjudligi kuzatilgan.

Реклама на Unews

 

Akademik, Ya.X.To`raqulov nomidagi Endokrinologiya RIIATM tomonidan respublikaning barcha hududlarida olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra, fuqarolar tomonidan kunlik o`rtacha yod iste`moli sezilarli darajada kamaygan bo`lib, bor-yo`g`i 32-64 mkg ni tashkil etadi (zarur bo`lgan minimal miqdori esa – 150-200 mkg).

Ma`lumotga ko`ra, 2021 yil oxirida bir guruh tadqiqotchilar Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari maktab o`quvchilari o`rtasida selektiv tadqiqot (peshob va osh tuzidagi yod miqdorini aniqlash) o`tkazildi. Natijada, Andijon va Farg`ona viloyatlarida tadqiqot guruhining 30 %da, Namangan viloyatida esa 7 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalarning 86,6 %da yod tanqisligi aniqlangan. Yodlash uchun iste`mol qilinadigan tuz namunalari tahlili shuni ko`rsatdiki, hududlarda iste`mol qilinayotgan osh tuzining 10% dan 53,3% gachasida osh tuzi tarkibida yod miqdori kamligi aniqlangan.

Respublika bo`yicha bugungi kunga 102 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash korxona, sexlari faoliyat yuritib, vakolatli organni xabardor qilgan xolda o`tkazilgan tekshirishlar davomida laboratoriya tekshiruvlari uchun olingan osh tuzi namunalaridan ular tarkibida yodlanganlik darajasi belgilangan me`yorlarga javob bermagan xolatlarda ularni qayta yodlash uchun xududiy sanepidxizmatlarining taqiqilash to`g`risidagi qarori bilan ularning realizasiyasi to`xtatilgani aytilmoqda.

Реклама на Unews

Jumladan, Andijon viloyati, Andijon tumani, “CAMARA SALT GROUP” OKdan 4,8 tonna, Farg`ona viloyati, Marg`ilon shahar, "Marg`ilon Elit tuz" MChJdan 2,0 tonna, Toshkent viloyati, Zangiota tumani “Pokiza Tuz Savdo” MChJdan 2,0 tonna, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi “Chorbog` Barakali Tuz” MChJdan 15,5 tonna, “Ulug`bek Jovliev” oilaviy korxonasidan 10,0 tonna, “Emin Og`a” xususiy korxonasidan 10,0 tonna, "Mushtariybonu Nilufar Fayz" x/k 2,0 tonna, "Oqtosh Xurshid Fayz" o/k 2,5 tonna, "Charbog` Sherabot tuz" MChJ 2,6 tonna Toshkent shahar, Olmazor tumanlaridagi “TATLI TUZ” MChJdan 2 tonna va “EKO CRISTAL” MChJdan 7,0 tonna, Yunusobod tumanidagi “TIGER TRADE” MChJdan 4,1 tonna osh tuzi realizasiyasi taqiqlanib, ja`mi 70,0 tonna tuz qayta yodlash bo`yicha korxona rahbarlariga tegishli ko`rsatmalar berilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring