O‘zbekistonning 3 hududida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 (+42) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana  3 nafari  esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 801 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring