“O`zbekistonliklarning chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanishi javobgarlikka sabab bo`ladi”. Bosh prokuratura ham ogohlantirish bilan chiqdi

O`zbekiston Bosh prokuraturasi O`zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.

 

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinchi qismiga ko`ra yollanish, ya`ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko`zlab, o`zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to`qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo`ladi.

"Shunga ko`ra, chet mamlakatlarda bo`lib turgan hamyurtlarimizdan harbiylashgan tuzilmalarga yollanmaslikka, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz va bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishi haqida yana bir bor ogohlantiramiz" deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, biroz avval Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi O`zbekiston fuqarolarini ogohlantirgan edi

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring