O‘zbekistonliklar mustaqillik bayrami munosabati bilan 5 kun dam oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5 sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.

Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi.

1 sentabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni;
2 sentabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
3 sentabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
4 sentabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar);
5 sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring