O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar Osiyo chempionatini 1-o‘rinda yakunladi

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o‘tgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati o‘z yakuniga yetdi. 

Avvalroq, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallgani haqida xabar bergan edik. 

Yoshlar terma jamoasi ham ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 15 ta medal bilan 15 mamlakat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi. 

Реклама на Unews

Qayd etish joiz, O‘zbekiston dzyudosi tarixida hali bunday natija kuzatilmagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasadi.
 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring