O’zbekistonlik tadbirkorlarning “Alibaba” platformasida mahsulot sotishi osonlashdi

Eksportchilar uyushmasi jahon gigantining rasmiy vakiliga aylangan, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri. 

O‘zbekistonda Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasi ish boshladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Mazkur kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Eksportchilar uyushmasi hisoblanadi.

– Alibaba.som saytida ilgari ham o‘zbek mahalliy tadbirkorlarimiz, eksportyorlarimiz o‘z mahsulotlarini joylab, eksport qilishgan, – deydi O‘zbekiston eksportchilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi Ma'ruf Pardayev. – Ammo bu juda katta portal, juda ham murakkab jarayon bo‘lgani uchun registratsiya jarayonidagi ko‘p savollar yuzasidan tushunmovchiliklar bo‘lgan. Shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlarimiz ishning yarmidan tashlab ketishga majbur bo‘lishgan. Endilikda mazkur kelishuv O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

– Aslida “Alibaba” shu vaqtgacha O‘zbekistonda o‘z shu'basini ochmagan, – deydi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov. – Negaki ularning talablari yuqori. Ko‘pchilikda bu O‘zbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmog‘iga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini o‘taydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam o‘z mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qo‘shni davlatlarga chiqa olamiz. Bu O‘zbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yo‘l ochadi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu platforma orqali mahalliy qandolatchi korxonalaridan biri 3 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolagan.

Avvalroq, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari F. Usmanov "Alibaba"ning Rossiyadagi rasmiy hamkori PAL kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekistonning mahalliy mahsulotlarini ushbu savdo maydonchasiga joylashtirish masalalarini muhokama qilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring