O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Og‘ir atletikachi Maftuna Ismoilovadan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xabar berdi.

Sportchimizdan 2021 yil noyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasida taqiqlangan oksandrolon va stanozolol moddalari aniqlangan.

Shu tariqa Maftuna Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Qaror 2021 yil 23 dekabrdan kuchga kirgan va 2025 yil 22 dekabrga qadar davom etadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring