O‘zbekistonlik shahmatchi endi AQSH terma jamoasi sharafini himoya qiladi

O‘zbekistonlik shahmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasi tarkibidan joy oldi. Bu haqda uning opasi o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik iste’dodli shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova hozirda AQSHda istiqomat qilmoqda.

Tohirjonova ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan AQSH chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu bilan Gulruhbegim AQSH milliy terma jamoasidan joy egalladi. Endi u qishda bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarda Amerika sharafini himoya qiladi.

Реклама на Unews

Avvalroq, shahmatchining Missuri universiteti sharafini himoya qilib, musobaqalarda ishtirok etayotgani aytilgandi. Shuningdek, u ichki chempionatda zafar quchsa, AQSH terma jamoasiga qo‘shilishi ma’lum bo‘lgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring