O‘zbekistonlik dzyudochida doping aniqlandi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi matbuot xizamati xabariga ko‘ra, dzyudo bo‘yicha 2021 yil dekabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida +100 yeg. vazn toifasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Elbek Abdullayevdan musobaqa davrida doping-sinama olingan.

Terma jamoa a’zosi hisoblangan Elbek Abdullayevda bir emas, 4 ta Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan vositalar ro‘yxatiga kiritilgan testosteron, anastrozol, boldenon va oksandrolon moddalari aniqlangan. Ushbu moddalar, ekzogen (tashqaridan organizmga kiritilgan) anabolik androgen steroidlar hisoblanadi.

 

Sportchi Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etgan.

Реклама на Unews

Shunday qilib Elbek Abdullayev 2022 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasi qaroriga ko‘ra, 4 yil muddatga rasmiy sport musobaqalarida qatnashishdan diskvalifikasiya qilindi.

Diskvalifikasiya davri 2022 yil 3 martdan 2026 yil 2 martga qadar etib belgilandi.

E.Abdullayev diskvalifikasiya davri tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasiga asosan, terma jamoa tarkibida xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan chetlashtiriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring