"O`zbekistonga Turkmaniston hududlaridan..." "O`zgidromet" dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida xabar berdi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Kun o`rtalariga kelib, hududning katta qismida havo 16-18° iliqgacha isiydi.

Ertaga respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ammo bulutlilik ko`payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi.

Yakshanba kuni O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kechasi havo harorati 3-8° iliq atrofida bo`ladi, lekin kunduz kuni esa sezilarli darjada sovuqlashadi, kunduz kungi harorat 8-13° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring