O‘zbekistonga tekbol sport turi kirib kelmoqda

Bu sport turi sodda tilda aytganda, futbol va stol tennisi qorishmasi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bugungi kunda butun dunyoda jadal suratlarda rivojlanib, ommalashib borayotgan tekbol sport turi tez orada rasman faoliyatini boshlaydi. Shu yilning o‘zidayoq O‘zbekiston chempionati bahslarining o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Shu o‘rinda tekbol sport turi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Tekbolga 2014 yilda vengriyaliklar - sobiq professional futbolchi Gabor Borshani hamda kompyuter dasturchisi Viktor Xusar tomonidan asos solingan. Tekbol o‘zida stol tennisi va futbol sport turlarini mujassamlagan. Sodda tilda aytganda, futbol va stol tennisi qorishmasi.

Реклама на Unews

To‘pni birgina qo‘l bilan o‘ynab bo‘lmaydi. Inson tanasining qolgan barcha a’zolari bilan to‘pga teginish mumkin. Faqat to‘pga ketma-ket tananing bitta a’zosi bilan zarba berilishiga ruxsat etilmaydi. Maqsad to‘pni raqib tomon maydonchasiga tushirish. Javob qaytara olmagan taqdirda zarba yo‘llagan jamoaga ochko yoziladi, xuddi stol tennisiga o‘xshab.

Tarix uchun juda ham qisqa fursat - 6 yil mobaynida tekbol yaxshigina mashhurlik va ommaviylikka erishdi. Bugungi kunda tekbol Lionel Messi, Neymar, Alison, Ronaldinyo, Luish Figu, Simao Sabroza, Rober Pires, Shon Garne singari mashhur futbol yulduzlarining kundalik mashg‘ulotiga aylangan. «Ayaks», «Arsenal», «Chelsi», «Flamengo», «Pari-Sen-Jermen», «Real» kabi klublar tekbolni o‘z mashg‘ulotlariga kiritishgan.

Dunyo miqyosida qisqa fursatda ana shunday e’tirofga erishgan tekbol tez orada O‘zbekistonga ham kirib keladi. Rasmiy federasiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va albatta chempionat bahslariga ham start beriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring