O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo oqimi kirib keladi

Joriy yilning 13-14 mart O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

13-14 mart Respublikada yog‘ingarchilik (14 martga o‘tar kechasi yomg‘ir  qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 

Реклама на Unews

14-15 martda harorat kechalari 2-7° sovuqqacha, kunduz kunlari 2° sovuq 3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqqacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqqacha pasayadi.

13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring