O`zbekistonga qisqa muddatga qish qaytadi — "O`zgidromet"

Sinoptiklarni ma`lum qilishlaricha, bugun kechasi shimoliy hududlarga Rossiyaning (Moskva viloyati) Evropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlandi. Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda qor yog`di, shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 23-28 m/s gacha etdi. Havo harorati bugun kunduz kuni 2-7° iliqdan oshmaydi.

O`zbekistonning qolgan hududlarida bahoriy iliq ob-havo saqlanib turadi, kunning o`rtasiga kelib, havo harorati 17-22° iliqgacha ko`tariladi, bu me`yordan 3-5° ga yuqoridir. Faqat janubi-g`arbiy hududlarga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Ertaga nam havo massalari O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, Respublika hududlarining ko`p qismida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida faqat kechki soatlarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduz kuni 10-15°iliq atrofida bo`ladi. Shimoliy hududlar sovuq ta`siri ostida bo`ladi. Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin, Xorazm viloyatida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Harorat shimoliy hududlarda 3-8°sovuqgacha pasayadi.

Реклама на Unews

14 martda respublikaning barcha hududlari sovuq antisiklon ta`siri ostida bo`ladi. Markaziy va sharqiy tumanlarda asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalabki soatlarda yog`ingarchilik bo`ladi. Shimoliy hududlarda yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi va kunduz kuni 2° sovuq-3° iliq, shimolda kechasi 10-15° sovuq, kunduz kuni 2-7° sovuq atrofida bo`ladi.

Respublika hududining ko`p qismida 12-14 martda shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

15 martda kechasi sovuq antisiklon ta`siri kuchayadi, havo harorati 2-7° sovuqgacha pasayadi. Kunduz kuni esa harorat ko`tarila boshlaydi va 3-8° iliqni tashkil etadi, bu mart oyi o`rtasi uchun me`yoriy qiymatlardan 8-10° ga past bo`ladi.

Реклама на Unews

Qor yog`ishi va past harorat Respublikamizning yo`llarida yahmalak hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin.

Tog`larda qor ko`chkilari tushishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring