O`zbekistonga qaytib kelish istagini bildirgan Rossiyadagi vatandoshlarimiz qaysi manzilga murojaat qilishlari mumkin?

Avval xabar berganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifing bo`lib o`tdi. Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Habibulla Oqilov yuqoridagi savolga javob berdi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

- Respublika maxsus komissiya qaroriga ko`ra, O`zbekistonga qaytish istagini bildirgan vatandoshlarimizga mamlakatga qaytish uchun ruxsat berilgan. Rossiyadagi vatandoshlarimiz bu masala bo`yicha qo`shimcha axborot olish uchun Moskva shahridagi O`zbekiston elchixonasiga qo`ng`irok qilishlari mumkin.

Bundan tashkari Vladivostok, Ekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov va Sankt-Peterburg shaharlarida joylashgan Bosh konsulliklar qoshida tashkil etilgan operativ shtablarga ham murojaat kilishlari mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring