O`zbekistonga O`rta er dengizidan nam va iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Ertaga O`zbekiston hududiga O`rta er dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo`yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo`ladi.

1 fevraldan 3 fevralgacha O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, asosan yomg`ir ko`rinishida bo`ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor),1-2 fevralda kuchli bo`ladi.

31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Реклама на Unews

Havo harorati hafta davomida me`yor atrofida bo`ladi va kechalari 1 daraja sovuq - 4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda bugun yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Ertaga 31 yanvar kuni biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Реклама на Unews

1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring