BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

«O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak» — Alisher Qodirov

O‘zbekiston fuqarosi boshqa davlatning harbiy yoki xavfsizlik xizmatlariga yollangani uchun Jinoyat kodeksiga muvofiq 5 yilgacha qamalishi ko‘zda tutilgan. Bu ta’sirsiz chora, deb yozadi Alisher Qodirov.

Uning qayd etishicha, bunday shaxslarni yollanish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran fuqaroligini bekor qilish va O‘zbekistonga kirishini umrbod ta’qiqlash kerak.

«Qonunga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasida maslahatlashuvlarni boshladik», deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari vatandoshlarni Ukrainadagi qurolli mojaroga jalb qilayotgani videosi tarqalgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizni ogohlantirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirib chiqdi.

Fikr qoldiring