O`zbekistonga charter reyslar uchun ariza topshiriladigan onlayn tizim ishga tushirildi

O`zbekiston Respublikasiga charter reyslarini amalga oshirishga ariza topshirish uchun onlayn tizim ishga tushirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

“O`zaviasiya” Agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning fuqaro aviasiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiya aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun so`rovlarni rasmiylashtirish va ruxsat berishning elektron tizimi ishlab chiqildi.  

Ushbu elektron platformaning yaratilishi  ariza beruvchiga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishga onlayn so`rovlarni berish, “O`zaviasiya” Agentligining “Uzbekistan airports” AJ va “O`zaeronavigasiya” Markazi DUK bilan so`rovlarni qayta ishlashda tezkor hamkorlik qilish, so`rovlarni ko`rib chiqish muddatlarini esa 24 soatgacha qisqartirish imkonini beradi.  

Реклама на Unews

2021 yil 15 fevraldan boshlab platforma onlayn,  sinov rejimida ishga tushirildi. Xorijiy davlatlarning fuqaro aviasiyasi havo kemalarining ekspluatantlari,  O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun arizalarini quyidagi havola orqali berish imkoniyatiga ega.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring