O`zbekistonga bugundan salqin havo kirib keladi

O`zbekistonning shimoliy hududlariga 27 iyuldan boshlab Qozog`iston orqali Volga bo`yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.  Bu haqda  «O`zgidromet» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40 daraja, ba`zi joylarda janubda 42 darajagacha, shimolda 34-37 daraja atrofida bo`ladi.

Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35 darajani tashkil etadi va me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi. Ba`zi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo`lgan o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-3 daraja past bo`ladi.

Реклама на Unews

26—27 iyul kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo`ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring