O`zbekistondagi qamoqxonalar xodimlariga mahkumlarga shafqatsiz muomalada bo`lmaslik o`rgatilyapti

2021 yil 8 noyabr kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida mamlakatimiz jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari” mavzusida amaliy trening boshlandi. 

Milliy markaz Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, uch kunlik ushbu tadbir EXHTning O`zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va Daniyaning Qiynoqlarga qarshi kurash instituti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Amaliy trening O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan. Bunda Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari hamda ushbu qoidalarga kiritilgan o`zgartirishlar, tegishli huquqbuzarliklarni aniqlash, mahkumlarni qiynoqlar va shafqatsiz muomaladan himoya qilish yuzasidan jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining bilimini oshirish va ko`nikmalarini shakllantirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Реклама на Unews

Amaliy trening doirasida jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining:

  • jazoni ijro etish muassasasida xavfsizlik va inson huquqlarini muvozanatlash borasida tushuncha va amaliy bilimga ega bo`lishi;
  • Nelson Mandela qoidalarining tarixi, ushbu qoidalarning inson huquqlari doirasidagi o`rnini hamda ularning qamoqxonadagi milliy amaliyotga ta`sirini o`rganish;
  • Nelson Mandela qoidalariga kiritilgan eng muhim o`zgarishlar;
  • Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari va asosiy qoidalari;
  • Nelson Mandela qoidalarini amalga oshirish, tegishli qonunbuzarliklarni aniqlash va mahbuslarni qiynoqlar va shafqatsiz muomalalardan himoya qilish kabi mavzular keng o`rganiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring