“O‘zbekistondagi eng yaxshi preparat bu, bodom yog‘i"

22 iyul kuni UZREPORT TV telekanali O‘zbekiston Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi vakillari ishtirokida “Pandemiya davrida xalq tabobatining o‘rni” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda quyidagi muhim ma’lumotlar aytib o‘tildi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi boshqaruv raisi Nuruzova Mehri:

-  “Baquvvat” ovqatlarni ko‘p iste’mol qilsang kasal bo‘lmaysan, degan fikrga qo‘shilmayman.
-  Kasal bo‘lganda kuchli, ammo hazmi tez mahsulotlarni is’temol qilishni tavsiya qilamiz. Kurka, quyon, baliq, tovuq go‘shti aynan shunday mahsulotlardir.
-  O‘zbekistonda ilk marta xalq tabobatining shifoxonasini ko‘tardik.
-  Kechqurungi ovqatni ertalab isitib yeyish mumkin emas. Ovqatlanish madaniyatini kuchaytirish kerak.
-  O‘z ilmini bilgan shifokor yoki tabibning ko‘paygani yaxshi.
-  Bizda immunitetni ko‘taruvchi 24 xil Osiyo damlamalari ishlab chiqarilgan. O‘zbekistondagi eng yaxshi preparat bu, bodom yo‘g‘i. U mijozni qizitish va balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatiga ega.
-  Pandemiyada anjir, sabzi, dumbul yong‘oq kabilar iste’molini tavsiya qilamiz.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring