O`zbekistonda yangi haftada ham issiq ob-havo saqlanib qoladi. O`zgidromet xabar berdi

Haftaning birinchi yarmida O`zbekiston bo`yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo`yicha havo harorati 38-43 atrofida, janubda va cho`l hududlarda 44-45 gacha bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

 

Xabarga ko`ra, haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45 gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 47 gacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42 gacha pasayadi.

 

Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Реклама на Unews

 

18-24 iyul kunlari Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring