BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Joriy yilning 27 may kuni toshkentlik Sh. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan,  deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

O‘sha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko‘ringanligi sababli tahlil olingan. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 

U avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning o‘tgan davolanish vaqti davomida vazirlikning turli soha yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislarining xalqaro standartlar bo‘yicha bergan  tavsiyalari asosida shifokorlar barcha kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirishgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham  o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. 

Biroq so‘nggi kunlarda bemorda nafas yetishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 16 nafar bemor vafot etgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Zoologlar: Ko‘rsichqon va tulkilar Sardoba to‘g‘oniga ta’sir qilmagan! O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha Sirdaryoda safarda bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, ish jarayonida guruh tomonidan to‘g‘on yonbag‘rining 7 bo‘limi, to‘g‘onning yuqori qismidan esa 31-piketdan 197-piketgacha tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bu hududlarda ochilib qolgan loy uyumlari va cho‘kmalar kuzatilgan. Tekshiruvlar muhandis E.Qayumov ishtirokida o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘g‘on yonbag‘rining 3 bo‘limida oddiy ko‘rsichqonning ochilib qolgan in yo‘llari, to‘g‘onning yuqori qismida esa Tamarisk qumsichqonining inlari qayd etilgan. Nishablik bo‘limlardan birining asosida tulki ini topilgan. «Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kemiruvchilar hamda tulkilar ko‘p sonda emas va to‘g‘onning yaxlitligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari ushbu masala yuzasidan zarur tavsiyalar berdi», — deyiladi xabarda. Avvalroq internetda Sardoba suv ombori fojiasiga laqqa baliqlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi, biroq bu versiya yuzasidan dalillar taqdim etilmagani bois u ko‘pchilik tomonidan jiddiy qabul qilinmadi, tegishli tuzilmalar tomonidan rasmiy munosabat ham bildirilmadi. Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan.

Fikr qoldiring