O‘zbekistonda yana 500 ga yaqin koronavirus va 200 ga yaqin pnevmoniya bemori aniqlandi. Qurbonlar bor

Kecha, 6 iyul kuni O‘zbekistonda 471 kishida koronavirus, 195 nafar bemorda pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 471 kishiga ortib, 114 039 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

Реклама на Unews

  • 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 37 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 67 nafar,
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 75 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 42 nafar,
  • Xorazm viloyatida 27 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109676 (+327) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring