BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda Xitoyning Oshan avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSH dollariga teng. Zavodda Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni endilikda Navoiyda ham yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

“Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz. Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda”, deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri.

Ayni paytda mazkur korxonaning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Karantin talablari asosida quruvchi va muhandislar tunu-kun mexnat qilmoqda. Maqsad qurilish ishlarini tezda yakunlash. Hozir bu yerda sement, o‘lchov, tuproq ishlari olib borilayapti. Xullas, yaqin kunlarda NEIZ dagi korxonalar soni yana bittaga ko‘payadi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Italiya, Buyuk Britaniya singari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlikda 30 ga yaqin korxonalarda 25 dan ortiq loyihalar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Istiqbolda esa, ushbu loyihalarni 78 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Habibning otasi nega komaga tushib qolgani oydinlashdi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi sel: yana uchta tumandagi ovullar suv ostida qoldi

Shavkat Mirziyoyev: "Sardobaliklar ikki oyda yangi, sifatli hovliga ko‘chib o‘tishlari shart"

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring