O`zbekistonda vaksinasiya jarayonlari amalga oshirilganidan so`ng noxush holatlar kuzatildimi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi, Botir Qurbonovning ma`lum qilishicha, O`zbekiston hududida bugungi kungacha 6,5 milliondan ortiq fuqaro emlangan. 

" - Birorta fuqaroda o`ta og`ir, og`ir holatlar, letal yoki o`lim holatlari vaksinasiyadan keyin kuzatilmadi.  

Faqatgina mahalliy reaksiyalar kuzatilmoqda. Bular vaksina qilingan joyda – elka mushagida ozgina shish, qizarish yoki qichishish, tana haroratining 1-3 kungacha bir oz ko`tarilishi, odam o`zini bir oz noxush his qilishi va boshqa mahalliy reaksilar.

Реклама на Unews

Mahalliy reaksiyalar foydali. Bu organizmda virusga qarshi immun tizim ishga tushganligidan dalolat beradi", - deydi  B.Qurbonov.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring